TIRNOQ OLISH MAN QILINGAN KUNLAR YO'Q

ID: 4229

15.11.2025

480

Savol:

Assalomu alaykum, yaxshimisiz? Uzr, shu oddiy narsani ham so'raysizmi deyishingiz mumkin. Lekin manba topa olmaganim uchun yozyapman. Tirnoqni qaysi kuni olish mumkin emas? Payshanba, Juma kuni olish kerak, buni bilamiz. Shu kunlardan boshqa yana qaysi kunlari olish mumkin emas? Ya'ni qaysi kuni yoki qaysi paytda tirnoq olish mumkin emas? Javobingiz uchun rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Tirnoqni haftaning barcha kunlarida olish mumkin. Aynan juma kuni olish borasida birorta sahih hadis bizga ma'lum emas. Lekin sahobalardan Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu odatda har juma kuni tirnoqlarini olib, mo'ylovlarini qisqartirganlarini Imom Bayhaqiy rivoyat qilganlar. Shuning uchun ayrim fuqaholarimiz juma kuni juma namozi uchun poklanib chiqish maqsadida tirnoq olsa yaxshi, deyishgan. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar