TIRNOQ

ID: 4387

21.11.2025

301

Savol:

Tirnoqni haftaning qaysi kuniga olish kerak

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Tirnoqni haftaning barcha kunlarida olish mumkin. Aynan falon kuni olish borasida birorta sahih hadis bizga ma'lum emas. Lekin sahobalardan Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu odatda har juma kuni tirnoqlarini olib, mo'ylovlarini qisqartirganlarini Imom Bayhaqiy rivoyat qilganlar. Shuning uchun ayrim fuqaholarimiz juma kuni juma namozi uchun poklanib chiqish maqsadida tirnoq olsa yaxshi, deyishgan. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar