TIRIKCHILIKGA EHTIYOJGA OZIQ OVQAT OLISH.

ID: 3610

25.10.2025

56

Savol:

Assalamu aleykum men uyim oldidagi oziq ovqat doʻkonidan qarzga oziq ovqat olib turaman ammo men xam Doʻkondor xam xech qachon bir birimizga aniq bir muddat belgilamaymiz,savolim bunday oldi berdi qilishim gunoh emasmi, agar gunoh boʻlsa qanday yoʻl tutsam toʻgri boʻladi. Oldindan Rahmat Alloh rozi boʻlsin.

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Savolda so‘ralgan holat hozirgi kunda keng tarqalgan. Bu savdo ko‘rinishdan nasiya savdoga o‘xshasada, bu shar’iy nasiya savdo emas, balki, naqd savdo bo‘lib, to‘lovi kechiktirilayotgan savdo hisoblanadi. Bunda sotuvchi o‘z haqqidan kechib haridor o‘zi qodir bo‘lganida to‘lovni amalga oshiradi. Nasiya savdoda esa to‘lov muddati o‘zaro kelishilgan bir muddatga kelishiladi (ba’zan to‘lov kechitirilayogani sababli tovar narxi qimmatlashadi) va sotuvchi shu muddatgacha pulni to‘liq talab qilishga haqqi bo‘lmaydi. Savolda so‘ralgan vaziyatda esa sotuvchi xohlagan vaqtida to‘lovni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Demak Sizning bu savdongizni nasiya deb bo‘lmaydi va o‘zaro ishonchga asoslanib muddat belgilanmagani gunohga sabab bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar