Tijorat qilish maqsadida qurilib, bitmay qolgan binodan zakot berish kerakmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Albatta, zakot berish kerak. Bunda bitmay qolgan binoning ayni vaqtdagi qiymatini hisoblab, tijorat moli bo‘lgani uchun tilla, kumush va qog‘oz pullariga qo‘shib hisoblaydi va jami mablag‘ning qirqdan biri (1/40)ni zakot sifatida muhtojlarga beradi.
Bu haqida fiqhiy kitoblarimizda shunday deyilgan:
الزَّكَاةُ وَاجِبَةٌ فِي عُرُوضِ التِّجَارَةِ كَائِنَةً مَا كَانَتْ
ya’ni: “Tijorat (ya’ni sotish niyatida olingan) mollari nima bo‘lishidan qat’iy nazar ulardan zakot berish vojib bo‘ladi” (“Javharotun nayyirah” kitobi) Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.