Assalomu alaykum va rohmatulloh.Men bozorda adashib qimmat molni narxini arzon aytib qoydim, keyin bilib baland narxda turishini aytdim.Xaridor avvalgi narxda berishimni soradi. Shunda men lavzimni buzgan bolamanmi Rahmat...
Va alaykum assalom va rohmatulloh. Xaridor avvalgi narxni qabul qilmasidan avval narxni o‘zgartirgan bo‘lsangiz, zarari yo‘q. Ammo, u avvalgi narxni qabul qilgach gapingizdan qaytgan bo‘lsangiz, bu durust emas. Bunday holda molni o‘sha siz aytgan arzon narxda berishingiz lozim bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam