Yoshi katta ayollar safarga mahramsiz chiqsa buladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ayol kishi ojiza, zaifa bo'lib, safarda bo'lsin yoki uyida bo'lsin, har doim yordamga muhtojdir. Shu sababdan shariatimizda erkaklar ayollarga ham moddiy, ham ma'naviy jihatdan ko'maklashishlari shart. Ayniqsa, safarda bo'lganda. Chunki safar qaysi niyatda (garchi ilm olish niyatida) qilingan bo'lsa ham uning davomida qiyinchiliklar paydo bo'lishi tabiiy holdir. Ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
" لَوْ يَعْلَمُ النَّاسُ مَا فِي الْوَحْدَةِ مَا أَعْلَمُ ، مَا سَارَ رَاكِبٌ بِلَيْلٍ وَحْدَهُ " (رواه الامام البخاري)
ya'ni: “Agar insonlar yakka юrishning zararini men bilganchalik his qilishganida edi, biror yo'lovchi kechasi yolg'iz o'zi юrmas edi”, – deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Demak, bu hadis orqali Rasululloh salallohu alayhi vasallam kishi yolg'iz юrganda turli xil noxush holatlarga duch kelish ehtimolidan xoli emasligini ogohlantirmoqdalar.
Darhaqiqat, safarda turli holatlar sodir bo'lishi tabiiy. Shunday paytlarda ayol kishi yolg'iz o'zi qiynalishi turgan gap. Shuning uchun unga xizmatini qilib, safarga birga borib kelishga biror erkak hamroh bo'lishi shart.
Qolaversa, Payg'ambarimiz salallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
"لا تسافر المرأة إلا مع ذي محرم" (رواه الامام مسلم).
ya'ni: “Ayol kishi faqatgina mahrami bilangina birga safar qilsin!” (Imom Muslim rivoyatlari).
Mazkur hadisi sharifda ayol kishi mahramsiz safar qilishi mumkin emasligi ochiq-oydin bayon qilinmoqda. Shunday ekan, Payg'ambarimizning ko'rsatmalariga amal qilishning natijasi barakotli bo'ladi, inshaalloh.
Demak, ayol kishi yosh bo'lsin yoki yoshi katta bo'lsin, safarga mahramsiz chiqishi shar'an joiz bo'lmaydi. Vallohu a'lam.