TELEGRAM GURUHLARIGA ODAM QO'SHIB PUL TOPISH

ID: 5233

18.12.2025

74

Savol:

Assalomu alaykum. Men Telegram guruhlariga adminlar bilan kelishgan holda pul yoki biror narsa evaziga odam qo'shaman. Bu ish joizmi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Odamlarni ularning ruxsatisiz turli guruhlarga qo'shib юborish mumkin emas. Bu ularga ozor berish va shaxsiy hududlariga tajovuz qilish sanaladi. Musulmon kishi o'zgalarga aziyat etkazish va shu orqali tirikchilik qilishdan saqlanmog'i lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar