TELEFONLARDAGI AZON AYTUVCHI DASTURLAR

ID: 915

04.04.2025

21

Savol:

Namozga azon aytiladigan vaqtda telefonimda ham azon aytadigan qilib olganman. Majlis, yig‘ilishlar tufayli azonni eshitmay, o‘chirib qo‘ysa, Allohni rad etgan bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Telefonlarga joylashtirilgan azon aytuvchi dasturlar azon aytgan vaqtda ularni ma’lum sabablarga ko‘ra o‘chirib qo‘yish Allohni  rad qilish hisoblanmaydi. Balki Alloh taoloni va azonni hurmatini joyiga qo‘yish hisoblanadi. Lekin Qur’on oyatlari, hadislar, zikr, salavot va tasbehlarni telefonlarning qo‘ng‘iroqlari yoki shunga o‘xshash narsalar uchun o‘rnatish mumkin emas. Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda: 

إِنَّهُ لَقُرْآنٌ كَرِيمٌ (77) فِي كِتَابٍ مَكْنُونٍ (78) لَا يَمَسُّهُ إِلَّا الْمُطَهَّرُونَ (79) تَنْزِيلٌ مِنْ رَبِّ الْعَالَمِينَ (80)

ya’ni: “Albatta U Qur’oni karimdir. U saqlangan kitobdadir. Uni faqat poklanganlargina ushlar. U olamlarning rabbisidan tushirilgandir!” – deb marhamat qilgan. (Voq’yea surasi 77-80-oyatlari)      SHuningdek “Haj” surasida: 

ذَلِكَ وَمَنْ يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِنْ تَقْوَى الْقُلُوبِ

ya’ni: “Kim Allohning shiorlarini ulug‘lasa, bas, albatta bu qalblarning taqvosidandir!” – deb marhamat qilgan (32-oyat).

Umuman olganda Qur’on Allohning kalomi u muqaddasdir. Azon ham Allohning shiorlaridan biri. Ularga nisbatan behurmatlik qilish, ulardan xizmat vositasi sifatida foydalanish gunohkorlikka olib keladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar