Assalomu alaykum, ustoz. Men ishlaydigan joyga azon ovozi gohida eshitiladi, gohida esa eshitilmaydi. Shu sababli telefonimga azon aytadigan dastur o'rnatib olganman. Azonni telefondan eshitsam-da, o'zim azon aytmasdan namozga kirishsam bo'ladimi? Oldindan rahmat.
Vaalaykum assalom. Yo'q, yozib olingan ovoz orqali yangragan azon jonli aytiladigan azon o'rniga o'tmaydi. Ammo masjid azoni eshitiladigan hududda bo'lganingiz uchun aslida o'sha azon sizga kifoya qiladi. Shunday bo'lsada, gohida eshitilmay qolishini inobatga olib, shubhadan xoli bo'lish va sunnat savobiga to'la-to'kis erishish uchun o'zingiz azon va iqomat aytganingiz afzaldir. Vallohu a'lam.