Assalomu alaykum. Savolim shundan iboratki: Telefonda ahli ilmlarimiz, ustozlarimiz va yoshi ulug'larimiz duo qilganda, "Amiyn" deyish joizmi?
Vaalaykum assalom. Ha, telefon orqali bo'ladigan jonli muloqotlarda qilingan duoga "Amiyn" deyish joiz va savobli amaldir. Masofaning uzoqligi bunga monelik qilmaydi, aksincha, mo'minning xayrli duosiga ixlos bilan sherik bo'lish maqsadga muvofiq amaldir. Vallohu a'lam.