Assalomu alaykum. Men 29 yoshdaman shu yoshimgacha folbinga bormaganman 3 kun avval opam olib bordi bir otinoyi oldiga folbin emas dab olib bordi u meni ko'rdi qornimga dam soldi va menga 3 kun tutatish uchun 3 bolak kichkina arab harflari yozilgan qog'ozchalar berdi va menga sen ham katta bo'lsang otinoyi bo'lasan degan mazmunda gap qildi men qorqdim va uni oldida. Чiqib diniy markazga ozimga yaqin ziyoratgohga bordim ularga otinoyi bergan tutatqini berdim keyin menga fotixa falaq nas yasin suralarini oqib dam olishdi va otinoyi bergan narsani suvga tashlab юborishimni aytishdi men hozir juda qorqib qoldim kozimga qora sharpalar koringandek bolyapdi undan tashqari men roza oyida u otinoyi yoniga borib gunoh qildimmi endi rozam qabul bolmaydimi endi nima qilay maslahat bering lekin u ayol oldiga opam yonida bordim ozim niyyat qilib bormadim unga ishonmadim lekin ichimda qorquv bor nima qilishni bilmayapma iltimos yordam bering togri yol korsating.
Bismillahir Rohmanir Rohim. Folbinlikka ishonish Islomda harom sanaladi, lekin siz bu erga o'z xohishingiz bilan, niyat qilib bormagansiz va aytilgan narsalarga ishonmagansiz. Shu sababli sizga gunoh yozilmaydi, inshaAlloh. Tutgan ro'zangizga ham hech qanday zarar yo'q. Qorquv, ko'zingizga yomon narsalar ko'rinishi esa ruhiy ta'sir va vasvasa sabablidir. Shariatga zid narsalarni suvga tashlab yo'q qilganingiz to'g'ri bo'lgan.
Hozir eng to'g'ri yo'l - Allohga suyanib, Fotiha, Ixlos, Falaq, Nas va "Ayatul-kursi"ni o'qib юrish, istig'for aytish va xotirjamlikka qaytishdir. “Allohim, bilmagan holimda qilgan ishim bo'lsa, meni mag'firat qil” deb tavba qilib qo'ysangiz etarli. Vallohu a'lam.