TAXORAT

ID: 3700

29.10.2025

630

Savol:

Assalomu alaykum men hozirda musofirman omborxonada ishlayman. Taxorat olganda istinjoni qog'ozda qilsa bo'ladimi tualetga suv olib kirish bo'lmay qoladi ba'zida

Javob:

Bismillahir ohmanir rohim. Old yoki orqa avratlardan najosat chiqib atrofga (suyuq najosatlarda tanga miqdoricha, quyuq najosatlarda taxminan 4 gramm) yoyilib ketganida istinjoni suv bilan qilish farz bo‘ladi. Agar yoyilmasa qog‘oz, kesak, tosh kabi narsalar bilan yaxshilab tozalab artish kifoya bo‘ladi. Bu masalada ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yiladigan joyi shuki, ba’zi tahorat qilmoqchi bo‘lgan odamlar hojatga bormasa ham albatta old va orqa avratlarini yuvish shart deb tushunadilar va har tahorat olish paytida suv bilan avrat a’zolarini yuvadilar. Natijada qisqa muddatda turli kasalliklarga chalinib, ibodat qilishni o‘zlariga qiyin qilib oladilar. Aslida, bavl yoki katta hojat qilgan kishi najosat chiqqan joyning o‘zini yuvishi kifoya qiladi. Muhimi badanni najosatdan poklansa bo‘ldi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar