TAXORAT

ID: 3396

17.10.2025

59

Savol:

Assalomu alaykum! Men nomoz o‘qiyotganimda bazi vaqtlar yig‘layman, shunda burnim oqib qoladi, yig‘laganimdan burnimdan ko‘p shilliq ajraladi, bu xolat taxoratimni nomozimni buzadimi,

Javob:

Va alaykum assalom. Yo‘q buzilmaydi. Inson badanidan pok narsaning chiqishi tahoratni sindirmaydi. Shunga ko‘ra, sutning chiqishi, terlash, balg‘am chiqishi, og‘riqsiz ko‘z yoshi bilan tahorat buzilmaydi. Inson badanidan chiqqan narsa qon, yiring, sariq suv kabi najosat bo‘lsa tahorat buziladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar