TAVBA NAMOZI

ID: 310

04.04.2025

897

Savol:

Istig‘for namozi qanday namoz va qaysi tartibda o‘qiladi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Istig‘for degan namoz yo‘q, balki tavba namozi bor. Kishi biror gunoh ish qilib qo‘ysa, tahorat olib ikki rakat namoz o‘qishi so‘ng ortidan gunohiga nadomat qilib, namozida chin qalbdan tavba qilib, ikkinchi bu gunohni qayta qilmaslikka qat’iy ahd qilsa, Alloh taolo uning gunohini mag‘firat qiladi.

Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis eshitsam, Alloh menga undan O‘zi xohlaganicha naf’ beradigan odam edim. U zotning sahobalaridan biri menga hadis aytsa, men undan (gapi to‘g‘riligiga) qasam ichishni talab qilar edim. Agar u qasam ichsa (gapini) tasdiq qilar edim. Holat shu bo‘ldiki, menga Abu Bakr bir hadis aytdi. Zotan u sodiqdir: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qaysi bir odam gunoh qilib qo‘yib, so‘ngra turib, tahorat qilib namoz o‘qisa, keyin Allohga istig‘for aytsa, albatta, Alloh uni mag‘firat qiladi», deganlarini eshitdim. So‘ngra u zot: «Ular qachon fahsh ish qilsalar yoki o‘zlariga zulm qilsalar, Allohni eslarlar va gunohlariga istig‘for ayturlar» oyatini qiroat qildilar», dedi».

Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar