"TASHAHHUD" O‘RNIGA "FOTIHA" SURASINI O‘QISHNING HUKMI

ID: 990

04.04.2025

94

Savol:

Xufton namozining to‘rtinchi rakaati oxirida, “Attahiyat”ning o‘rniga “Fotiha” surasini o‘qib yubordim. Namoz buziladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bu holatda namoz buzilmaydi. Agar mana shu xatoni namoz ichida bilib qolsa, sajdai sahv bilan xatosini to‘g‘irlash kerak bo‘ladi. Chunki avvalgi qa’dada ham, oxirgi qa’dada ham "Tashahhud" (“Attahiyatu”) duosini o‘qish vojib. Uni unutib to‘lig‘icha yoki ba’zi qismini o‘qimaslik, sajdai sahvni vojib qiladi. Bu hukm farz, vojib va nafl namozlarda bir xil.       Bu haqida fiqhiy manbalarimizda shunday deyiladi:

وَإِذَا قَرَأَ الْفَاتِحَةَ مَكَانَ التَّشَهُّدِ فَعَلَيْهِ السَّهْوُ

ya’ni: “Agar "Tashahhud"ni o‘rniga "Fotiha" surasini o‘qisa, sajdai sahv qiladi” (“Fatavoi hindiya” kitobi, Sajdai sahv bobi)      Sajdai sahv haqida to‘liqroq ma’lumot olish uchun quyidagi linkdan foydalaning: https://t.me/diniysavollar/235. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar