Assalomu alaykum. Namoz o'qiyotganda yoki oxirida, yoxud namozdan keyin, ikkinchi rakatdan keyin tashahhud duosini o'qidimmi yoki yo'qmi, degan kabi ikkilanishlar paydo bo'lsa, nima qilish kerak?
Vaalaykum assalom. Namoz o'qib bo'linganidan keyin paydo bo'lgan bu kabi shubhalarga e'tibor berilmaydi. O'qilgan namoz durust, deb qaraladi. Agar shubha namoz ichida paydo bo'lsa va sizda bu holat takror-takror kuzatilayotgan bo'lsa, ko'nglingiz g'olib bo'lgan tomonga amal qilib namozni davom ettirasiz. Unga ko'ra, tashahhudni o'qimaganingiz ehtimoli g'olib kelgan bo'lsa, namoz oxirida sajdai sahv qilib namozni tugatasiz. Shu bilan namozingiz durust bo'ladi. Vallohu a'lam.