TASBEH NAMOZIDA QAYSI SURALAR O'QILADI?

ID: 5095

13.12.2025

201

Savol:

Tasbeh namozini o'qiganda Fotiha surasidan keyin aytilgan suralarning o'rniga boshqa bilgan suralarini o'qisa joiz bo'ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, tasbeh namozida zam surada istagan surani o'qish mumkin. Muayyan bir suralar shart qilinmagan. Bu namozning o'qilish kayfiyatini Alloma Ibn Obidin rahimahulloh quyidagicha bayon qilgan: وَهِيَ أَرْبَعٌ بِتَسْلِيمَةٍ أَوْ تَسْلِيمَتَيْنِ ، يَقُولُ فِيهَا ثَلَثَمِائَةِ مَرَّةٍ { سُبْحَانَ اللَّهِ ، وَالْحَمْدُ لِلَّهِ وَلَا إلَهَ إلَّا اللَّهُ ، وَاَللَّهُ أَكْبَرُ } يَقُولُ ذَلِكَ فِي كُلِّ رَكْعَةٍ خَمْسَةً وَسَبْعِينَ مَرَّةً ؛ فَبَعْدَ الثَّنَاءِ خَمْسَةَ عَشَرَ ، ثُمَّ بَعْدَ الْقِرَاءَةِ وَفِي رُكُوعِهِ ، وَالرَّفْعِ مِنْهُ ، وَكُلٍّ مِنْ السَّجْدَتَيْنِ ، وَفِي الْجَلْسَةِ بَيْنَهُمَا عَشْرًا عَشْرًا بَعْدَ تَسْبِيحِ الرُّكُوعِ وَالسُّجُودِ ، وَهَذِهِ الْكَيْفِيَّةُ هِيَ الَّتِي رَوَاهَا التِّرْمِذِيُّ فِي جَامِعِهِ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الْمُبَارَكِ ، وَعَلَيْهَا اقْتَصَرَ فِي الْقُنْيَةِ وَقَالَ إنَّهَا الْمُخْتَارُ مِنْ الرِّوَايَتَيْنِ . “Tasbih namozi bir yoki ikki salom bilan o'qilib, unda uch юz marta “Subhanallohi val hamdu lillahi vala ilaha illallohu vallohu akbar” ni aytadi. Bir rakatda etmish besh marta aytadi. Quloq qoqib sanoni o'qigandan keyin o'n besh marta aytadi. Keyin “A'uzu”, “Basmala”, “Fotiha” va zam surani o'qigandan keyin o'n marta, rukuda o'n marta, rukudan qaytganda o'n marta, birinchi sajdada o'n marta, sajdadan qaytib o'tirganda o'n marta, ikkinchi sajdada o'n marta aytiladi. Mazkur tasbehni ruku va sajdada “Subhaana robbiyal a'la” va “Subhaana robbiyal aziym”ni aytgandan keyin o'n marta aytadi. Bu kayfiyatni Imom Termiziy Abdulloh ibn Muborakdan rivoyat qilganlar. “Qunya” kitobida ham shu kayfiyat aytilgan va ulamolar tomonidan ixtiyor qilingan so'z mana shu degan” (“Raddul muhtor” kitobi). Mana shu tartibda to'rt rakat o'qiladi va jami uch юz tasbih aytilgan bo'ladi. Bir qancha hadisi shariflarda tasbih namozi fazilatlari aytilib, uni o'qigan inson gunohlardan forig' bo'lishi, imkoni bo'lsa har kuni, bo'lmasa, haftada, oyda, yilda, buni ham qila olmasa, umrda bir marta bo'lsa ham qilishga targ'ib qilingan.Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar