Tarovih namozida qanday tasbih aytiladi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Tarovih namozida har to‘rt rakat o‘qilgach, bir oz istirohat uchun o‘tirish mustahab (https://t.me/diniysavollar/640)dir. Sahobai kiromlar ham xuddi shunday qilishgan. Tarovih (istirohat) namozi, deb nomlanishining ham asl sababi shudir. Chunki tarovih rohatlanish ma’nosidadir. Namozxon shu o‘tirishda zikru tasbihga mashg‘ul bo‘ladi yoki sukut saqlaydi.
Bizning diyorlarda ushbu o‘rinda quyidagi kabi tasbihlar o‘qish odat bo‘lgan:
سُبْحانَ ذِي الْمُلْكِ وَالْمَلَكوُتِ، سُبْحانَ ذِي الْعْزَّةِ وَالعَظَمَةِ وَالْقُدْرَةِ وَالْكِبْرِياءِ وَالْجَبَرُوتِ، سُبْحانَ الْمَلِكِ الْحَيِّ الَّذِي لَا يَمُوتُ، سُبُّوحٌ قُدُّوسٌ رَّبُّنا وَرَبُّ الْمَلَائِكَةِ وَالرُّوحِ، لَا إلَهَ إِلَّا اللهُ نَسْتَغْفِرُ اللهَ، نَسْئَلُكَ الْجَنَّةَ وَنَعُوذُ بِكَ مِنَ النَّارِ
O‘qilishi: "Subhaana zil mulki val malakuuti, subhaana zil ’izzati va ’azomati val qudroti val kibriyaai val jabaruuti, subhaanal malikil hayyil laziy laa yamuutu, subbuuhun qudduusur Robbunaa va Robbul malaikati var ruuhi, laa ilaaha illalohu nastag‘firulloh, nas-alukal jannata va na’uuzu bika minan naar".
Ma’nosi: "Mulk va malakut egasi bo‘lgan, izzat va sharaf, qurat va kuch quvvat sohibi bo‘lgan, barcha ayb va nuqsonlardan pok bo‘lgan, barcha narsadan g‘olib keluvchi, o‘lmaydigan, doimo tirik Zot,Subbuh va Quddus bo‘lgan, bizning, farishtalar va Jibrilning robbi bo‘lmish Allohni poklab yod etaman. Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Unga istig‘for aytamiz. Janatni so‘rab, do‘zahdan panoh tilaymiz".
Yana bir boshqa tasbih:
سُبْحٰانَ الْحَنّٰانِ الْمَنّٰانِ * سُبْحٰانَ الْمَلِكِ الدَّيّٰانِ الْمَعْرُوفِ بِاْلاِحْسٰانِ اَلْمَوْصُوفِ بِالْغُفْرٰانِ * مَرْحَبا، مَرْحَبا ،يَا شَهْرَ رَمَضٰانَ * مَرْحَبا، مَرْحَبا ، يٰا شَهْرَ التَّرٰاوِيحِ وَ التَّسابِيحِ وَ خَتْمِ الْقُرْآنِهَذا شَهْرٌ أَوّلُهُ رَحْمَةٌ وَ أَوْسَطُهُ مَغْفِرَةٌ وَاخِرُهُ عِتْقٌ مِنْ النِّيْرانِ* لٰا إِلٰهَ إلاَّ اللّٰهُ نَسْتَغْفِرُ اللّٰهَ. نَسْأَلُكَ الْجَنَّةَ وَ نَعُوذُ بِكَ مِنَ النّٰارِ
O‘qilishi: "Subhaanal Hannaanil Mannaan, subhaanal malikid dayyyan, al ma’rufi bil ihsaan, val mavsufi bil g‘ufroon. Marhabaa, marhabaa, ya shahro Ramazon. Marhabaa, marhabaa, ya shahrot taroviyhi vat tasaabiyhi va xotmil Qur’aan. Haaza shahrun avvaluhu rohmah, va avsatuhu mag‘firoh, va aaxiruhu ’itqum-minan niyroon. Laa ilaaha illallohu nastag‘firullooh, nas-alukal jannata va na’uuzu bika minan naar".
Ma’nosi: "Hannon va Mannon bo‘lgan, Qiyomat kuni podshohi, yaxshilik bilan tanilgan, mag‘firat bilan sifatlangan Zotni poklab yod etaman. Xush kelding, xush kelding ey Ramazon. Marhabo, marhabo ey taroveh, tasbeh va Qur’on xatmi bo‘ladigan oy! Bu oyning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat, nihoyasi esa do‘zahdan panohdir. Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Unga istig‘for aytamiz. Janatni so‘rab, do‘zahdan panoh tilaymiz". Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.