Tomogʻim og'rigani sababli dori sepishga to'g'ri keldi. Bilsam dorining tarkibda spirt bor ekan. Shuni ishlatsam bo'ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Spirt hozirgi kunda juda ko'p narsalarda qo'llanilmoqda. Dori darmonlarda, tashqi iste'molda ya'ni atir, siyoh va turli bo'yoqlar hamda shokolad, muzqaymoq kabi eguliklarda ham ishlatilyapti. Shulardan savolda so'ralayotgan spirtni tashqi ishlatish ya'ni atir, siyoh va turli bo'yoqlarda ishlatishning hukmiga kelsak, spirtning najosat yoki pokligiga qarab hukm farqlanadi.
Zamonamizning mashhur olimlaridan Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh spirtdan foydalanish bo'yicha quyidagilarni ta'kidlaydilar: “Spirt agar uzum yoki xurmodan olinadigan bo'lsa uni halolligi va pokligiga yo'l yo'q. Boshqa narsalardan olinsa, bu borada Imom Abu Hanifa rahimahullohning mazhablarida davolanish yoki boshqa maqsadlarda foydalanish joiz, modomiki mast qilish darajasiga etmagan bo'lsa... Hozirda dori darmonlar, atirlarga qo'shilayotgan spirt asosan bug'doy, turli po'stloqlar, neft va boshqa narsalardan olinadi”.
Юqoridagi mulohazalarga binoan xurmo va uzumdan boshqa narsalardan olingan spirtdan yoki ana shunday spirt qo'shilgan dori vositalardan mast bo'lish maqsadida iste'mol qilishni harom sanaydilar. Ammo davo maqsadida mast qilmaydigan darajada oz miqdorda iste'mol qilish joiz deyishgan. Agar qo'lga spirt yoki antiseptik vosita surtilgandan keyin, o'sha joyni imkon qadar юvib юborilsa yanada yaxshi bo'ladi. Vallohu a'lam.