TARJIMA

ID: 3028

04.10.2025

36

Savol:

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar ! Chet davlatlarda baʼzi kitoblarni koʻramiz. Muallifi ancha yillar oldin vafot etgan, lekin uning kitobini turli xil nashriyotlar baʼzi sharh yoki kichik izohlar bilan nashr etgan. Baʼzilarida esa umuman sharh boʻlmaydi, kitobni tahqiq qilishadi. Muallif vafot etgan boʻlsa, shunday kitoblarni tarjima qiluvchi kimsa shu nashriyotlardan ham ruxsat olib, keyin tarjima qilishi kerakmi ?

Javob:

Asarni tahqiq qilgan yoki unga sharh yozgan olimlarning mehnati alohida ijodiy ish hisoblanadi va shu tufayli ularda mualliflik huquqi paydo bo‘ladi. Zero, ular matnni solishtirish, izohlash va nashrga tayyorlash orqali unga yangi qiymat qo‘shgan bo‘ladilar. Shu sababli, aynan o‘sha tahqiq qilingan yoki sharhlangan nusxani tarjima qilish uchun shar’an ham, zamonaviy qonunchilikka ko‘ra ham muhaqqiq yoki nashriyotning ruxsatini olish lozim bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar