TAOM

ID: 12737

31.05.2026

159

Savol:

Assalomu alaykum. Savolim shunday edi:Taomlangandan so'ng eb-ichganlarni o'tganlarga bag'ishlash to'g'rimi?Javob uchun rahmat!

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Yo'q, bu to'g'ri emas. Eb-ichish muboh – ya'ni qilish yoki qilmaslik insonning o'z ixtiyorida bo'lgan, unga savob berilmaydigan amallardan hisoblanadi. Shunday ekan, shunchaki eb-ichganda o'tganlarga bag'ishlaydigan savobning o'zi bo'lmaydi. Agar muboh amalni solih niyatda amalga oshirsa, o'shanda savob hosil bo'ladi. Masalan, ibodatlarga quvvat bo'lsin, dinga ko'proq xizmat qilishimga sabab bo'lsin, degan ma'noda eb-ichsa, ana o'shanda eb-ichish sababli savobga ega bo'ladi va mana shu savobni o'tganlarga bahshida qilish mumkin. Undan tashqari mazkur duoni o'qiydiganlar, ko'pincha sunnati sharifada kelgan, taomlanib bo'lganda o'qiladigan duoni o'qimaydilar. Aslida taom eb bo'lgan kishi “Alhamdulillahillaziy at'amanaa va saqoonaa va ja'alanaa minal muslimiyn” (Ma'nosi: Bizni edirgan, ichirgan va musulmonlardan qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo'lsin) deb duo qilishi kerak. Keyin ortidan o'zi istagan duolarni qilishi mumkin. Ushbu o'rinda eb-ichganlarni o'tganlarga bag'ishlash o'rniga “O'tganlarimizni Alloh o'z rahmatinga olgin, gunohlarini mag'firat qilib, joylarini jannatlardan qilgin” deb duo qilish maqsadga muvofiqroqdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar