Taloq masalasida savolim bor edi. Turmush o‘rtog‘im taloqni o‘zaro oilasini yonida aytib yuborgan bo‘lsa, biroq u yerda ayoli bo‘lmasa va eshitmagan bo‘lsa taloq tushadimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Er taloqni ayolni o'ziga aytish shart emas. Ovoz chiqarib aytgan bo'lsa ayol eshitmasa ham taloq tushadi. Vallohu a'lam.