Assalomu alaykum. Menda taloq masalasida aniq fatvoga ehtiyoj bor. Iltimos, quyidagi holat bo‘yicha shariat hukmini aytib bersangiz. Biz erim bilan oldin 3 taloq masalasini boshdan kechirganmiz. Keyinchalik shariatga muvofiq yangi nikoh o‘qilgan. Yangi nikohdan keyin kelishmovchilik sababli men erimdan “taloq berdim” degan so‘zni aytishini talab qildim. U bu so‘zni o‘zi xohlamagan holda, mening bosimim ostida aytdi. O‘sha paytda uning taloq berishga niyati bo‘lmagan, faqat majbur bo‘lib aytganini bildirgan. Savolim: Majburlash ostida, niyatsiz aytilgan taloq shariatda o‘tadimi? Bu holat oldingi 3 taloqdan keyin o‘qilgan yangi nikohga ta’sir qiladimi? Hozirgi holatda nikoh saqlanib qolgan hisoblanadimi yoki yo‘qmi? Iltimos,aniq fatvo berishingizni so‘rayman. Oldindan rahmat.
Va alaykum assalom va rohmatulloh va barokatuh. Taloq jiddiy masala, uni jonli majlisda er-xotin ishtirokida, barcha tafsilotlari atroflicha o'rganilgandan keyin javob beriladi. Shuning uchun siz Toshkentdani Fatvo markaziga keling yoki 781503344 raqamiga qo'ng'iroq qiling.