TALOQ

ID: 3815

31.10.2025

627

Savol:

Assalomu alaykum ustoz men ayolimga sms orqali "senga javob qaytib koʻzimga koʻrinma uyimizga qaytib kelma" deb yozgan edim. Lekin hayolimga ajrashish kelgani yoq. O‘rtamizga taloq tushadimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Er ayoliga "bor ket" deb, bundan taloqni yoki ajrashishni niyat qilgan bo‘lsa, ayoliga boin taloq tushadi. Agar ajrashishdan boshqa narsani, masalan ayoli uning ro‘baro‘sidan ketishini yoxud ota uyiga ketishni niyat qilib aytgan bo‘lsa, unda taloq tushmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar