TALOQ

ID: 2223

28.08.2025

971

Savol:

_Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, hurmatli ustoz. Menda shaxsiy muammo bo‘yicha fatvo so‘ramoqchiman. Men 2024-yil kuz faslidan boshlab erimdan alohida yashayapman. U o‘sha paytda Rossiyaga ketgan. 2025-yil 11-mart kuni u menga Telegram orqali “3 taloq qildim” deb yozdi. Biz o‘sha paytda janjallashayotgan edik, u jahlda edi. Savollarim quyidagicha: 1. U aytgan “3 taloq qildim” jumlasi shariat bo‘yicha uchta taloq hisoblanadimi yoki bitta taloq sanaladimi? 2. Agar bu bitta taloq sanalsa, idda muddasi (3 hayz davri yoki 3 oy) allaqachon o‘tib ketgan bo‘lsa, biz qaytishimiz uchun yangi nikoh o‘qitishimiz shartmi? 3. Agar bu uch taloq hisoblanadigan bo‘lsa, bizning qaytadan birga yashashimiz mutlaqo joiz bo‘lmaydimi?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Taloq jiddiy masala bo‘lgani bois ikki tomon birgalikda ahli ilm ustozlarga murojaat qilishlari to‘g‘ri bo‘ladi. Masala ikki tomon ishtirokida o‘rganib chiqiladi va xulosa qilinadi. Kitoblarimizda kelgan umumiy qoidalarga ko‘ra, 3 taloq qo‘yilgani tomonlar ishtirokida aniqlansa, bu kabi holatda qayta nikoh o‘qitish joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar