Tahoratim buzildimi-yo'qmi dep ko'p shubha bo'aldi bu holat aynan namozga kirishmoqchi bo'lsam yel keganday bo'ladi lekin anig;ini bilmayman. Bu holat ko'p bo'ladi. Tahorat qilishim kerakmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimizda aniq narsalargagina hukm joriy bo'ladi. Чiqqan-chiqmagani aniq bo'lmagan elni deb tahoratni buzilgan deb bo'lmaydi. Чunki "Shak bilan aniq narsa yo'qqa chiqmaydi" degan qoida bor. Ya'ni tahorat qilgani yodida lekin tahorat sindirganini eslolmasa, u tahoratli hisoblanadi. Tahorat sindirgani yodida, lekin tahorat qilgani yodida bo'lmasa, uning tahorati yo'q bo'ladi, qayta tahorat qiladi. Vallohu a'lam.