TAHORATDAN SO‘NG BAVL (SIYDIK) CHIQSA

ID: 230

04.04.2025

58

Savol:

Bavl qilganimda qog‘oz bilan artaman, yo‘talaman. Baribir bir tomchi siydik qoladi va ichki kiyimimga tegadi, tahorat qilib namoz o‘qiyman namozlarim qabulmikan?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Agar tahorat qilingandan keyin bir, ikki tomchi bo‘lsa ham bavl (siydik) chiqsa tahorat sinadi va namoz o‘qish uchun boshqa tahorat qilish kerak bo‘ladi. Kiyim va badanga tekkan bir-ikki tomchi bavlning kechirimli miqdori (ya’ni u bilan bilmasdan namoz o‘qib qo‘ygan durust) bo‘ladi. Lekin najosat kichik bo‘lsada uni yuvish sunnat bo‘ladi. Kechirimli (kamlik) miqdori - quyuq najosatlarda 4,25 grammdan va suyuq najosatlarda katta tanga miqdoridan kichiklik bilan belgilanadi.

النَّجَاسَةُ إنْ كَانَتْ غَلِيظَةً وَهِيَ أَكْثَرُ مِنْ قَدْرِ الدِّرْهَمِ فَغَسْلُهَا فَرِيضَةٌ وَالصَّلَاةُ بِهَا بَاطِلَةٌ وَإِنْ كَانَتْ مِقْدَارَ دِرْهَمٍ فَغَسْلُهَا وَاجِبٌ وَالصَّلَاةُ مَعَهَا جَائِزَةٌ وَإِنْ كَانَتْ أَقَلَّ مِنْ الدِّرْهَمِ فَغَسْلُهَا سُنَّةٌ وَإِنْ كَانَتْ خَفِيفَةً فَإِنَّهَا لَا تَمْنَعُ جَوَازَ الصَّلَاةِ حَتَّى تَفْحُشَ

كَذَا فِي الْمُضْمَرَاتِ . هندية

(Kiyim yoki badanda) og‘ir najosat bo‘lsa va u dirham (katta tanga) miqdoridan ko‘p bo‘lsa, uni yuvish farz bo‘ladi, u bilan namoz o‘qisa, namozi buziladi. Agar najosat dirham miqdorida bo‘lsa, uni yuvish vojib va u bilan namoz o‘qish joiz. Najosat dirhamdan kam bo‘lsa uni yuvish sunnat. (Kiyim yoki badanda) yengil najosat bo‘lsa juda ko‘p bo‘lmasa, namozni joizligini man qilmaydi ("Fatovoi hindiya" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar