Men tahorat olguncha ba’zida tahoratga niyat qildimmi yo‘qmi deb o‘ylab qolaman. Agar niyat qilish esimdan chiqqan bo‘lsa niyat qilib boshidan tahorat olishim shartmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Tahoratda niyatni unutgan bo‘lsa, zarari yo‘q. Qayta tahorat qilish shart emas.
Aslida tahoratda niyat qilish sunnat. Qasddan niyatni tark qilsa, tahorati durust bo‘lsada, sunnatni tark qilgan bo‘ladi. Sunnatni qasddan tark qilishga odatlanmaslik kerak.
وَأَمَّا وَقْتُهَا فَعِنْدَ غَسْلِ الْوَجْهِ وَمَحَلُّهَا الْقَلْبُ وَالتَّلَفُّظُ بِهَا مُسْتَحَبٌّ
كَذَا فِي الْجَوْهَرَةِ النَّيِّرَةِ
"Tahoratda niyatning vaqti yuzni yuvish paytida bo‘ladi. Niyatning o‘rni qalbda, til bilan aytish mustahab" ("Fatovoi hindiya" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.