TAHORATDA MO‘YLOV VA QOSHNING OSTIGA SUV TEKKIZISH SHARTMI?

ID: 348

04.04.2025

26

Savol:

Tahoratda mo‘ylov va qoshning ostiga suv tekkizish shart bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Hanafiy mazhabimizga binoan, tahorat qiluvchining soqol, mo‘ylov, qosh va kipriklari qalin bo‘lib, ostidagi terisi ko‘rinmaydigan darajada bo‘lsa, ularni ostiga suv tekkizish shart bo‘lmaydi. Lekin mazkur tuklar siyrak bo‘lib, ostidagi terisi ko‘rinib tursa, ularning ostiga suv tekkizish farz bo‘ladi. Bu haqida "Fatovoi hindiya" kitobida shunday deyilgan:

وَيَغْسِلُ شَعْرَ الشَّارِبِ وَالْحَاجِبَيْنِ وَمَا كَانَ مِنْ شَعْرِ اللِّحْيَةِ عَلَى أَصْلِ الذَّقَنِ وَلَا يَجِبُ إيصَالُ الْمَاءِ إلَى مَنَابِتِ الشَّعْرِ إلَّا أَنْ يَكُونَ الشَّعْرُ قَلِيلًا تَبْدُو مِنْهُ الْمَنَابِتُ. كَذَا فِي فَتَاوَى قَاضِي خَانْ .

"Tahorat qiluvchi kishi mo‘ylov, qosh va jag‘ yuzasidagi soqollarini yuvadi va ushbu tuklarni ostiga suv tekkizishi vojib bo‘lmaydi. Lekin tuklar oz bo‘lib, osti ko‘rinadigan bo‘lsa, uning ostini ham yuvish lozim bo‘ladi. "Fatovoi Qozixon" kitobida ham shunday kelgan". Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar