Assalomu alaykum. Tahorat qilayotganimda burunga suv tortish payti burnim qonab ketayapdi har safar. Shunga nima qilsam bo'ladi? Rahmat.
Va alaykum assalom. Tahoratda burunga suv olish farz emas, balki sunnat amaldir. Agar suv tortish burningiz qonashiga va natijada tahorat sinishiga sabab bo'layotgan bo'lsa, shariatimizda bu amalni vaqtincha, to shifo topguningizcha tark etishga ruxsat berilgan.
Demak, burningiz tuzalguncha unga suv tortmasdan tahorat qilaverasiz. Bunda tahoratingiz durust hisoblanadi. Vallohu a'lam.