Assalomualekum meni savolim tahoratdan oshgan suvdi ichsa boladi dib eshitib qoldim shu haqida malumot bersangiz javobingiz uchun oldindan raxmat
Va alaykum assalom. Tahoratdan ortib qolgan suv haqida “Al-Mavsuatul fiqhiya” kitobida: “Hanafiy va Shofe’iy ulamolari tahorat oluvchi idishda tahoratdan qolgan suvni ichishni mustahab deganlar. Bunga Ali raziyallohu anhuning “Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday qilar edilar”, degan rivoyatni dalil qilganlar. Kamol ibn Humom rahmatullohi alayh : “Tahorat oluvchi tahoratidan qolgan suvni tik turgan holatda, qiblaga yuzlanib ichadi. Xohlasa o‘tirib”, deganlar. Demak, tahoratdan ortib qolgan suvni ishlatish yoki ichish joiz. Vallohu a’lam.