TAHORAT QILAYOTGANDA QON CHIQISHI

ID: 3429

18.10.2025

76

Savol:

Assalomu alaykum. Tahorat yoki gʻusl qilayotgan paytda yuzdagi husnbuzar (ugri) chiqib qonasa tahorat yoki gʻuslni qaytadan qilish kerakmi?

Javob:

Badandan qon chiqib, oqish darajasiga yetishi tahoratni buzuvchi amaldir. Agar bu holat tahorat olish jarayonida yuz bersa, o‘sha joyni tozalab, tahoratni yangidan boshlash lozim bo‘ladi. Biroq, bu hodisa g‘usl asnosida sodir bo‘lsa, g‘uslga putur yetkazmaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar