TAHORAT G'USL O'RNIGA O'TADIMI?

ID: 6831

31.01.2026

212

Savol:

Assalomu Alaykom yaxshimisiz mani savolim bor edi gusul vojib bo'lgan holda gusulni o'rniga taxorat olsa bo'ladimi dgan savol bor edi albatta bu hozirgi sharoitimdan kelib chiqib bermoqda man bu savolni shunaqa holatlar bolip qovotdi keyin taxoratni o'zini olip namoz qivonman ko'p paytalada ishda yurgan paytimga to'ri keladi bunaqa holatlar keyin o'rtog'imdan eshitdim biz chekaroq joyda turamiz uyni ichida hamom yo'q edi qishni sovuq kunlarida hovlidagi hamom ham muzlaydi shu paytda er xotin yaqinlik qilganidan so'ng gusul o'rniga taxorat olsa bo'ladi deyishadi shunga ham biroz maslahat bersez javob uchun oldindan rahmat uzur telefon qilmadim uyaldim

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatulloh. G'usl vojib bo'lgan bo'lsa, tahorat g'usl o'rniga o'tmaydi. O'rtog'ingiz noto'g'ri aytgan. Hammom bo'lmasa, uyning ichida suv isitib g'usl qilish kerak. Agar uyni isitish iloji bo'lmasa, g'usl qilsa, shamollab qolishi aniq yoki ehtimoli o'ta katta bo'lsa, to imkon topguncha, tayammum qilib tursa bo'ladi. Odatda bunchalik imkonsiz holat kamdan-kam bo'ladi. Savolingizga yanada to'liq javob olish uchun 781503344 raqamiga tel qiling. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar