Assalomu aleykum mening savolim shuki,men har doim namoz oʻqishdan oldin tahorat olar edim chunki juda tez tez peshobga chiqaman yaniy tahoratni orqa old avratlarni yuvishdan boshlar edim. Keyinchalik har gal tahoratda orqa old yuvish shart emasligini faqat ogʻiz burun qoʻl yuz oyoq yuvilsa boʻladi deb eshitdim.shu gap qanchalik toʻgʻri. Orqa old avratlarni qaysi patyda yuvish toʻgʻriligini aytsangiz.peshopdan keyin yoki orqa yel kelishidan keyin yuvish kerakmi tushunolmay qoldim qanday qilsam toʻgʻri boʻladi ochiqroq yoritib bersangiz.raxmat
Va alaykum assalom va rohmatulloh. Bismillahir Rohmanir Rohim. Yel va uyqu sababli istinjo (mustahab, orqa va old avratlarni tozalash) qilinmaydi. Yel va uyqu sababli yoki old, orqa najosat yo'llaridan boshqa joylardan chiqqan najosat (qon, yiring kabi)lar sababli istijo qilish bid'atdir (ya'ni, dinda yo'q ish). Hojatxonaga kirib, bavl (siydik) qilganda, faqat old avratni yuvib olish savobli amal, ammo majburiy emas. Agar siydik atrofga tanga miqdoridan ko'p yoyilib ketsa, yuvish farz bo'ladi. Katta hojatga borganda ham shunday: atrofga yoyilmasa, yuvish shart emas, yuvsa savobi ko'proq. Agar atrofga tanga miqdoridan ko'p yoyilsa, yuvish shart bo'ladi. Vallohu a'lam.