TAHORAT

ID: 5449

24.12.2025

98

Savol:

Agar insonning boshiga jarohat yetgan bo'lsa uning tayammum qilishi qanday bo'ladi? Oddiy holatga tayammum qilinadimi yoki sog'lom a'zolari:qo'l va oyoq yuviladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Insonning boshiga jarohat etib, unga suv tegizish mumkin bo'lmasa:

  • Tahoratda og'iz, burunni chayadi, юz, qo'lni va oyoqni юvadi. Boshga mash tortishga kelganda, agar boshga mutlaqo mash tortish mumkin bo'lmasa, mash tortishni tark qiladi. Agar mato qo'yib ustidan mash tortish mumkin bo'lsa, shunday qiladi. Agar boshning hammasi jarohat bo'lmasa, sog' qismiga mash tortadi.
  • G'uslda ham sog' a'zolarning hammasini юvadi, jarohatli joy ustiga mash tortadi, agar mato qo'yib ustidan mash tortish mumkin bo'lsa, shunday qiladi. Agar u ham zarar qilsa, mashni tark qiladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar