Paypoq mahsida ham tahorat oʻtadimi
Bismillahir Rohmanir Rohim. O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolar hay'ati paypoq-mahsi (javrob) masalasida fiqhiy manbalarni atroflicha o'rganib, bir qancha muhokamalardan keyin o'zining navbatdagi fatvosini e'lon qildi. Ushbu fatvoning xulosasi quyidagilardan iborat:
1️⃣. Agar mahsi to'liq teridan bo'lsa, unga mash tortish joiz. Bu borada mujtahidlar orasida ixtilof yo'q; 2️⃣. To'piqni yopib turadigan, etikka o'xshagan poyafzallarga mash tortish joiz. 3️⃣. Bugungi kunda kiyilayotgan oddiy paypoqlarga mash tortish mutlaqo joiz emas. 4️⃣. Paypoq-mahsi (javrob) ustiga hech narsa kiymasdan bir farsax (6 km) юrishga yarasa, bog'ichsiz o'zi oyoqda turadigan, tashidan ichi (ya'ni oyoq) ko'rinmaydigan, suvni darhol o'tkazib юbormaydigan bo'lsa, unga mash tortish joiz.
Eslatma: Bu shartlarga qo'shimcha tarzda paypoq-mahsi eng kamida tag qismi teri bilan qoplangan bo'lsa, unga mash tortish joizligida ulamolarimiz yakdil fikrdalar. Mo'min-musulmonlarga qulaylik yaratish uchun paypoq-mahsi ishlab chiqarayotgan yoki ularni chet ellardan olib kelayotgan tadbirkorlar o'z faoliyatlarini юqorida aytilgan shartlarga rioya qilgan holda olib borishlarini tavsiya qilamiz. Ushbu shartlar topilishi barobarida paypoq-mahsilarning ostini ehtiyot юzasidan teridan qilishlari, namozxonlarimiz ham ushbu jihatga e'tibor qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Vallohu a'lam!