TAHORAT

ID: 3838

01.11.2025

132

Savol:

Savolim shundan iboratki agarda kishi ehtilom boʻlsa va suv sabab kasal bolib qolmaydi, lekin agarda gʻusl qiladigan bo‘lsa namoz vaqti chiqib ketadigan bo‘lsa tayammum qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Tayammum qilish lozim bo‘lgan sabablar

  1. Yarim soatli yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi; bu taxminan ikki chaqirimni yoki to‘rt ming qadamni (1848 metrni) tashkil etadi.

  2. Suv ishlatsa kasallikdan yoki uning ziyoda bo‘lishidan va yo davoning sekinlashishidan tashvish bo‘lsa.

3.Suv oldiga borishda biror xavf-xatar (masalan, dushman, vahshiy hayvon, vabo kabi) bo‘lsa.

  1. Suv o‘ta sovuq, insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa va uni isitishga sharoit bo‘lmasa.

  2. Agar suvda tahorat qilsayu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.

  3. Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha iyd yoki janoza namozlari o‘qib qo‘yilishi ehtimoli bo‘lsa ham tayammum qilinadi, chunki bu namozlarning qazosi yo‘q. Ammo juma namoziga yeta olmasligini bilsa ham tahorat qiladi, chunki agar juma namozi qazo bo‘lsa, uning o‘rniga peshin o‘qilishi mumkin. Demak, vaqt chiqib ketadigan bo‘lsa ham tayammum qilmasdan g‘usl qilib namozni qazosini o‘qib olinadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar