Tahajjud namozining vaqti qaysi vaqtgacha. Uhlab turib oʻqish shartmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Xufton namozini o'qib, biroz orom olgandan keyin o'qiladigan namoz tahajjud namozi, deyiladi. Tahajjud namozini bomdod vaqti kirgunicha o'qisa bo'ladi. Kechaning oxirgi uchdan bir qismida o'qimoq afzaldir. Чunki, bu muborak vaqtni barakali ekanligi haqida hadisda shunday deyilgan:
عن أبي هريرة رضي الله عنه، أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "يَنْزِلُ رَبُّنَا تَبَارَكَ وَتَعَالَى كُلَّ لَيْلَةٍ إِلَى السَّمَاءِ الدُّنْيَا حِينَ يَبْقَى ثُلُثُ اللَّيْلِ الآخِرُ يَقُولُ: مَنْ يَدْعُونِي فَأَسْتَجِيبَ لَهُ مَنْ يَسْأَلُنِي فَأُعْطِيَهُ مَنْ يَسْتَغْفِرُنِي فَأَغْفِرَ لَهُ" (رواه الإمام البخاري والإمام مسلم).
ya'ni: “Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday dedilar: Robbimiz tabaroka va taolo har kecha tunning oxirgi uchdan biri qolganda bu dunyo osmoniga tushadi. So'ngra: "Kim Menga duo qiladi, Men uni ijobat qilaman? Kim Mendan so'raydi, Men unga so'raganini beraman? Kim Menga istig'for aytadi, Men uning gunohlarini kechiraman” deydi (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Nafl namozlarining eng afzali tahajjud hisoblanadi. Bu borada Payg'ambarimiz shunday deganlar: “Tungi namozda bardavom bo'ling. Чunki u sizlardan oldingi mo''tabar zotlarning odati edi. Tungi sajda insonni Allohga yaqinlashtirib, yo'l qo'ygan gunohlaridan forig' qiladi, ko'plab kasalliklardan qutqaradi va gunohu ma'siyat ishlardan qaytaradi” (Imom Termiziy rivoyati).
Tahajjud namozining eng kami 2 rakaat, ko'pini chegarasi yo'q. Ba'zi ulamolar sakkiz rakaat o'qisa bo'ladi deganlar.
Tahajjud namozida ma'lum suralarni o'qish shart qilinmagan. Uni ikki yoki to'rt rakaatdan o'qisa bo'ladi. Vallohu a'lam.