Tahajjud namozini ado etish uchun tunning oxirgi uchdan birini qanday aniqlash mumkin?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Tahajjud namozini kechaning oxirgi uchdan bir qismida o‘qish afzaldir. Chunki, bu muborak vaqtni barakali ekanligi haqida hadisda shunday deyilgan:
عن أبي هريرة رضي الله عنه، أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "يَنْزِلُ رَبُّنَا تَبَارَكَ وَتَعَالَى كُلَّ لَيْلَةٍ إِلَى السَّمَاءِ الدُّنْيَا حِينَ يَبْقَى ثُلُثُ اللَّيْلِ الآخِرُ يَقُولُ: مَنْ يَدْعُونِي فَأَسْتَجِيبَ لَهُ مَنْ يَسْأَلُنِي فَأُعْطِيَهُ مَنْ يَسْتَغْفِرُنِي فَأَغْفِرَ لَهُ" (رواه الإمام البخاري والإمام مسلم)
ya’ni: “Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday dedilar: "Robbimiz tabaroka va taolo har kecha tunning oxirgi uchdan biri qolganda bu dunyo osmoniga tushadi. So‘ngra: "Kim Menga duo qiladi, Men uni ijobat qilaman? Kim Mendan so‘raydi, Men unga so‘raganini beraman? Kim Menga istig‘for aytadi, Men uning gunohlarini kechiraman” deydi" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Kechaning oxirgi uchdan birini bilish uchun quyosh botishi bilan subhi sodiq chiqishi o‘rtasidagi vaqt hisoblanadi. Aytaylik, quyosh soat 18.00 da botadi, subhi sodiq esa soat 5.00 da chiqadi. Oraliq vaqt 11 soat. Bu vaqtni uchga bo‘lsak, demak, tunning oxirgi uchdan bir qismi taqriban 1.30 – 5.00 oraliqqa to‘g‘ri keladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.