Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! Ayollarga dinimizda baland poshnada taqqillatib yurish mumkin emasku. Hozirda tagi qattiq va baland oyoq kiyimlar chiqqan. Ulardan taqqillamaydiganlarini kiysam bo‘ladimi?
Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Agar o‘sha oyoq kiyim, siz aytganingizdek, taqillab ovoz chiqarmasa va begonalarning e’tiborini jalb qilib, fitnaga sabab bo‘lmasa, uni kiyishda monelik yo‘q. Ammo oyoq kiyim sog‘liqqa zarar keltiradigan darajada g‘ayrioddiy baland bo‘lmasligi ham muhimdir.