Men oziq-ovqat do'konida ishlayman. Bizga turli xil tadbirkor firmalar: "Biz sizga 10 dona narsa berib, bonus sifatida 11-chisini beramiz", - deyishadi. Biz ham berishgan mahsulotlarining narxini arzonlatib sotamiz va bundan ikki taraf ham rozi. Shu qilayotgan ishimiz to'g'rimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ushbu bonuslarni olish joiz. Qo'shib berilgan qo'shimcha mahsulot tadbirkor tomonidan sizga qilingan hadya yoki chegirma hukmidadir. Shu sababli, ushbu mahsulotlarni qabul qilib, talab va taklifdan kelib chiqqan holda arzonlatib sotishingizning ham zarari yo'q. Vallohu a'lam.