ЮZ ASIMMETRIYASI

ID: 4450

23.11.2025

229

Savol:

Agar yuzda tug‘ma assimetriya bo‘lsa va uni dudak (lab) dolg‘usi yoki boshqa meditsina-estetik muolajalar bilan tuzatmoqchi bo‘lsak , bu Islom ulamolarining ko‘pchiligi tomonidan joiz (gunoh emas) va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham nuqsonni davolashga izn berganlari haqida fatvolar bor deb eshitdim. Bu tog’ri mi ?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Plastik jarrohlikning joiz va nojoiz turlari bor: 🔹Joiz turiga tug'ma yoki hayot davomida orttirilgan nuqsonlarni ketkazish va davolash kiradi. 🔹Nojoiz turiga mo''tadil, sog'lom a'zoni yanayam chiroyli qilish maqsadida katta yo kichik qilish yoki boshqa shaklga kiritish kiradi. Plastik jarrohlikning nojoiz turi shariatimizda katta gunoh bo'lib, Alloh taolo yaratgan xilqatni o'zgartirish hisoblanadi. Bu ishni qilgan ham, qildirgan ham Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tomondan lanatlangandir.

Zarurat юzasidan qilinadigan plastik jarrohlikka ta'na a'zosini o'z vazifasiga qaytarish, moddiy yoki ma'naviy zarar bo'lsa, ortiqcha barmoqni olib tashlash yoki yopishib qolgan barmoqlarni ajratish, qiyshiq burunni to'g'rilash, soch ekish va shunga o'xshash amaliyotlar kiradi. Bunday nuqsonlar kuyish, kasallik va boshqa sabablar bilan paydo bo'lgan bo'lsa ham, uni plastik jarrohlik yo'li bilan davolash joiz. Chunki davolanish hanafiy va molikiy mazhabida muboh ish bo'lsa, shofe'iy va ba'zi hanbaliylar nazdida mustahabdir (“Fathu babil inaya” kitobi va “Kuvayt fiqh enцiklopediya”si). Shu kabi zararli ortiqcha vaznni kamaytirishning jarrohlikdan boshqa yo'li qolmasa, insonga bezarar bo'lish sharti bilan plastik jarrohlik joiz bo'ladi. A'zolarning asli holiga keltirish esa Alloh taoloning quyidagi so'ziga to'g'ri keladi:

لَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنْسَانَ فِي أَحْسَنِ تَقْوِيمٍ

ya'ni: “Haqiqatan, Biz insonni xushbichim va xushsurat (shaklda) yaratdik” (Tin surasi, 4-oyat).

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Arjafa ibn As'ad raziyallohu anhuning urushda burni kesilib ketganida kumushdan, kumush mos kelmagach tillodan burun qilib olishga ruxsat berganlar (Imom Termiziy rivoyatlari).

Joiz bo'lgan jarrohlikda ham, boshqa a'zolarga zarar etmasligi yoki kutilgan foydadan kattaroq zarar kelmasligi kerak. Bu amaliyotlar bemorning ruxsati bilan o'z sohasining mohir kishilari tomonidan amalga oshiriladi.

Sog'lom a'zolarni hoю-havasga berilib, o'zgalarga taqlid qilib юz shakli yoki rangini o'zgartirish, burun, lab yoki ko'krakni katta yoki kichik qilish kabi ishlar shar'an joiz emas. Zero shayton insonlarga Alloh taolo yaratgan narsalarni o'zgartirishga buюradi, Qur'oni karimda shunday deyiladi:

وَلَآَمُرَنَّهُمْ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلْقَ اللَّهِ وَمَنْ يَتَّخِذِ الشَّيْطَانَ وَلِيًّا مِنْ دُونِ اللَّهِ فَقَدْ خَسِرَ خُسْرَانًا مُبِينًا

ya'ni: "(Shayton aytdi:) “Ularga buюraman – Allohning yaratganlarini o'zgartiradilar”. Kimki Allohni qo'yib, shaytonni do'st tutsa (uning aytganlarini bajarsa), demak, u aniq ziyon qilibdi” (Niso surasi, 119-oyat).

Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhudan bu mavzuda shunday rivoyat qilinadi:

يلعن المتنمصات والمتفلجات والموشمات اللاتي يغيرن خلق الله. (رواه الامام احمد)

ya'ni: “Payg'ambarimiz alayhissalom qosh terdiruvchi, tishlarini orasini ochuvchi, badaniga igna bilan rasm chizdiruvchi; Allohning yaratganini o'zgartiruvchi ayollarni la'natlaganlarini eshitdim” (Imom Ahmad rivoyatlari). Shuni ta'kidlash kerakki, bu hadisda zikr qilingan noshar'iy ishlarni erkaklar ham qilishi mumkin emas. Kasallik bo'lmasdan, odatiy holatda юzga ajin tushishini plastik jarrohlik yoki ukol bilan ketkazish joiz emas.

Qizlik pardasi zo'ravonlik yoki baxtsiz hodisa sababli yirtilsa, uni tikish joiz bo'ladi. Lekin zinokorligini yopish uchun bo'lsa, joiz emas (“Kosmetik jarrohlik va uning hukmi” mavzusida Xalqaro islom fiqhi akademiyasi qarori).

Diqqat qilinsa, юqorida kosmetik jarrohlik haqida gap ketdi. Jarrohlikka aloqasi bo'lmagan kosmetika alohida bir mavzu bo'lib bu haqida quyida batafsil o'qishingiz mumkin: https://t.me/diniysavollar/136. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar