YOLG'IZ O'QILAYOTGAN NAMOZDA QIROATNI OVOZ CHIQARIB O'QISH

ID: 4728

02.12.2025

311

Savol:

Assalomu alaykum. Bir o'zim namoz o'qiganimda, 5 vaqt namozning sunnat va farz namozlarining hamma 4 rakatida ham ovozimni baland chiqarib o'qisam bo'ladimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Yo'q, bunday qilish durust emas. Chunki peshin va asr namozlari hamda barcha sunnat namozlari maxfiy o'qilishi lozim. Bomdod, shom, xufton farzini yolg'iz o'qiganda ham faqat avvalgi ikki rakatda ovoz chiqarish ixtiyoriy, ammo keyingi rakatlarda ichda o'qish vojibdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar