Assalomu alaykum rohmatullohi va barokatuh ! Hurmatli ustozlar bomdod namozining vaqti aytaylik 1 soat boʻladigan boʻlsa,shuning avvalgi yarim soatida qazo namozlar oʻqib keyingi yarim soatida bomdodni oʻqisa boʻladimi? Yoki aksincha avval bomdodni oʻqib olib, keyin bomdodning vaqti chiqquncha qazo namozlar oʻqisa boʻladimi?Javobingiz uchun rahmat Alloh taolo barchalaringizdan rozi boʻlsin !
Va alaykum assalom. Ha, bu vaqtda farz va vitr namozlarining qazosini o‘qish joiz bo‘ladi. Shu kabi tilovat sajdasi qilish va janoza namozini o‘qish ham joizdir. Ammo bu vaqtda nafl namozlarini o‘qish makruh bo‘ladi. Shuningdek, bandaning fe’li sababli vojib bo‘lgan nazr, tavof namozi, oxiriga yetkazilmay buzib yuborilgan nafl namozlarining qazosini o‘qish ham makruh sanaladi. Chunki aslida bu namozlar bandaga vojib emas edi. Shuning uchun ular ham nafl namozining hukmida bo‘ladi. ("Muhiyti Burhoniy" kitobi asosida). Vallohu a’lam.