Dinimiz suv ichishni - utirib, 3 xuplab, shoshmasdan ichishni tavsiya bergan. Manda shu masalani oydinlatish uchun savol tugildi - Utirish aynan kanday shaklda bulish kerak (kursida utirib, chordona kurib, chap oyogini kukrak va koringa tekkizgan xolatda ung oyokni ostiga tushak kilib utrib, bavil kilgan xolatdagi singari utirib)? - Xuplab ichish kanday shaklda bulish kerak (yutumlar orasida kancha soniyalar utish kerak, ichib bulgandan sung kancha vakt turmaslik kerak)?
Bismillahir rohmanir rohim. Suvni o‘tirib ichish sunnat amali. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birortangiz tik turib ichmasin”, dedilar (Imom Muslim rivoyati). O‘tirishni aynan qanday bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yilmagan. Qanday qulay bo‘lsa shunday o‘tirilaveradi. “Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimlikda uch marta nafas olar edilar” (Imom Muslim rivoyati). Soniyalar, daqiqalar yoki yutumlar bilan emas, urfda ma’lum bo‘lgan bir muddat e’tiborli hisoblanadi. Vallohu a’lam.