SUPURGI

ID: 2713

22.09.2025

198

Savol:

Kechasi shomlan Song xovli kochalarni supursa boladimi

Javob:

Assalomu alaykum va rohmatulloh. Ha, shomdan keyin ham ko‘cha yoki hovlilarni supurish mumkin, bunda shar’iy tomondan biror mone’ yo‘q. Ayrim kishilarning shomdan keyin ko‘cha yoki hovlini supurish kambag‘allikka sabab bo‘ladi, deyishlari irim-sirimdan boshqa narsa emas. Bunday so‘zlarga e’tibor bermang. Tozalik, poklik iymondandir, shunday ekan, bu narsa aslo faqirlikka sabab bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar