SUPOR UYNASH HAQIDA

ID: 1874

14.08.2025

85

Savol:

Asalomu alkum ustoz maktabda yurganimda bollar bir biri bilan supor uynaydi shu haqida nima deysiz

Javob:

Va alaykum assalom. Bismillahir Rohmanir Rohim. Bahs bog‘lash (garov)ning quyidagi turi harom hisoblanadi: agar sen yutsang men senga 1000 so‘m (masalan) beraman, agar men yutsam sen menga 1000 so‘m berasan, deyish. Mana shunday garov bog‘lash qimor hisoblanadi. Bergan ham, olgan ham gunohkor bo‘ladi. Hadisi sharifda Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam:

... ومن قال لصاحبه تعال أقامرك فليتصدق (رواه الإمام البخاري عن أبي هريرة رضي الله عنه)

Ya’ni: “Kim sherigiga kel qimor o‘ynaymiz, desa, darhol sadaqa qilsin”, – deganlar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Shu gapni aytishni o‘zi uchun sadaqaga buyurilyapti. O‘ynashni o‘zini naqadar gunoh ekanini tasavvur qilavering.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar