SUNNATGA ULGURMASA

ID: 4424

22.11.2025

121

Savol:

Assalomu alaykum! 1) Agar bomdod namoziga masjidga jamoatga boraman desam, sunnatni o'qiy olmayman, farzini boshlab юborishgan bo'lishadi. Agar uyda o'qisam, sunnati ham o'qiladi. Bu holatga ko'p duch kelyapman. Ushbu holatda qaysi yo'l men uchun yaxshiroq? 2) Jamoat namoziga bormoqchiman, lekin tahoratim sinish arafasida. Bu holatda namoz o'qish makruh deyilgan. Agar qayta tahorat olaman desam, jamoatdan kechga qolaman. Bu holatda nima qilganim yaxshiroq? Shu holat ham ko'p uchrayapti.

Javob:

Vaalaykum assalom. 1) Masjidga borganingizda imom farzni o'qiyotgan bo'lsa-ю, lekin unga salom berishdan oldin etib olishga ko'zingiz etsa, masjidning chetida sunnatni o'qib, so'ng jamoatga qo'shilasiz. Agar imomga umuman ulgurmaslik xavfi bo'lsagina, sunnatni tark etib, farzga qo'shilish lozim bo'ladi. Shunday ekan, masjidga borish niyatidan qaytmang, ammo sunnatni uyda o'qib chiqish yoki vaqtliroq harakat qilish eng to'g'ri echimdir.

  1. Hojat qistab turganda namoz o'qish makruhi tahrimiy bo'lgani uchun, jamoatga ulgurmasangiz ham, albatta tahoratni yangilab, xotirjam namoz o'qishingiz lozim. Mo'min kishi ibodatni mukammal bajarish uchun tahorat masalasini namoz vaqti kirishidan avval hal qilib olishi maqsadga muvofiqdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar