SUNNAT NAMOZLARIDA NIYAT QILISH

ID: 363

04.04.2025

7

Savol:

Sunnat namozlarini o‘qiganimizda niyatini nafl namoziga aytsam sunnatga o‘tadimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Farz namozlar bilan ado etiladigan — "ravotib sunnat"larni nafl namoz niyatida ado etish joiz. Alloma ibn Nujaym rahimahulloh bu haqida shunday deydilar:

وأما النوافل فاتفق أصحابنا أنها تصح بمطلق النية وأما السنن الرواتب فاختلفوا في اشتراط تعيينها والصحيح المعتمد : عدم الاشتراط وأنها تصح بنية النفل وبمطلق النية

“Nafl namozlar umumiy niyat bilan ado etish mumkinligiga hanafiy mazhabi ulamolarimiz ittifoq qilishgan. Ravotib sunnatlarda niyatni ta’yin qilish borasida esa, ulamolarimiz ixtilof qilishgan. Eng to‘g‘risi shuki: niyatni ta’yin qilish shart emas. Ravotib sunnatlar nafl niyatida va umumiy namoz niyatida ado etilsa ham joiz bo‘laveradi”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar