RO'ZADA OG'IZ CHAYQASH VOSITASIDAN FOYDALANISH

ID: 7529

16.02.2026

787

Savol:

Assalomu alaykum. Ro'za vaqtida opolaskivatel (og'iz chayqash vositasi) bilan og'iz chayib tashlasa bo'ladimi? Albatta, ehtiyot bo'lib, ichga o'tkazmasdan.

Javob:

Vaalaykum assalom. Ro'zador holatda og'iz chayqash vositalaridan foydalanish, garchi suюqlikni ehtiyotkorlik bilan ichga юtib юbormagan taqdiringizda ham, makruhi tanzihiy sanaladi. Mazhabimizning mo''tabar kitoblaridan biri «Fatovoi Olamgiriya»da bunday yozilgan:

وَكُرِهَ ذَوْقُ شَيْءٍ، وَمَضْغُهُ بِلَا عُذْرٍ

«Uzrsiz biror narsani tatib ko'rish va chaynash makruhdir».

Shuning uchun, ro'zaning savobini kamaytirmaslik va xatoga yo'l qo'ymaslik maqsadida bunday vositalardan faqat iftordan so'ng yoki saharlik vaqtida foydalanganingiz ma'quldir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar